2021-yilning 24-oktyabr sanasi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni sifatida belgilandi

23-iyul kuni O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda siyosiy partiyalar rahbarlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etishdi.

Markaziy saylov komissiyasi 2021-yil 24-oktyabr sanasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxojayev ta'kidlashicha, Prezident saylovlari yangi milliy saylov qonunchiligi asosida umum e'tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, shuningdek, demokratik tamoyillar asosida - ochiq va oshkora o'tkaziladi.