80 yoshli Bayden 2024-yilda ham prezidentlikka daʼvo qilmoqchi

AQSh Prezidenti Jo Bayden 2024-yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovida ikkinchi marta oʻz nomzodini qoʻyadi. Bu haqda u navbatdagi videomurojaatida maʼlum qildi.
“Har bir avlodda demokratiyani himoya qilish kerak bo‘lgan lahzalar bo‘ladi. Asosiy erkinliklaringizni himoya qiling. Ishonamanki, biz uchun shu vaqt keldi. Shuning uchun men AQSH Prezidenti lavozimiga qayta saylanish uchun o‘z nomzodimni qo‘yyapman”, dedi Bayden.
Shuningdek, AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris 2024-yilgi saylovlarda Jo Bayden bilan birga qatnashishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qo'shma Shtatlarda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Maʼlumot uchun, 80 yoshni qarshilagan Jozef Bayden 2021-yil yanvar oyidan prezidentlik faoliyatini boshlagan edi.