Abdulla Aripov Rustam Minnixanov bilan uchrashdi

Bugun 24-aprel kuni amaliy tashrif bilan Toshkentda boʻlib turgan Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

“Ushbu og‘ir damlarda biz samarali savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sheriklikni saqlab qoldik va hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqdamiz”, dedi Rustam Minnixonov.

U Oʻzbekiston tomonining koʻmagi bilan Jizzax shahrida KFU filialining Tibbiyot taʼlimi markazi va texnopark ochilganini taʼkidladi. Abdulla Aripov o‘zaro tashriflar natijasida savdo aylanmasi hajmi oshayotganini taʼkidladi.

“Har bir tashrifingiz yangi inshootlarning ochilishi bilan birga keladi. Bugun siz Jizzax texnoparkining ochilishida bo'ldingiz. Umid qilamanki, Chirchiqdagidek muvaffaqiyatli bo'ladi”, dedi Bosh vazir.

Shuningdek, tomonlar energetika, avtomobilsozlik, vertolyotsozlik, gaz motori yoqilgʻisi, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun hali koʻp imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladilar.