AQSH Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalarga sanksiya kiritdi

AQSH hukumati Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasiga aloqador “Akkermann Cement CA” va u egalik qiladigan “Ohangaronsement” AJga nisbatan sanksiya joriy qildi.

Shuningdek, Usmonovning “Metalloinvest” va “Megafon” kompaniyalari ham yangi sanksiyalar paketidan joy olgan.

AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi “Akkermann Cement CA” bilan operatsiyalarni 11-iyulgacha tugatish talabini qo‘ygan.

AQSh 2022-yil mart oyi boshida Alisher Usmonovning o‘ziga qarshi sanksiyalar kiritgandi.