Bright Uzbekistan jurnali dunyo yuzini ko'rishida Tashqi ishlar vazirligining muhim o'rni
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidovga Bright Uzbekistan jurnalining yangi soni taqdim etildi.
Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev Tashqi ishlar vazirligida Baxtiyor Saidov qabulida bo'ldi va loyihani taqdimotini o'tkazdi.
Uchrashuv davomida ushbu xalqaro loyihaning mazmun mohiyati, rejalari va maqsadlari haqida to'htalib o'tildi. Jumladan, xalqaro maydonda ushbu loyiha yordamida O'zbekistonning imidjini targ'ib qilishda Tashqi ishlar vazriligining amaliy ko'magi muhimligi ta'kidlandi.
Baxtiyor Saidov loyiha haqida fikr mulohazalarini bildirib, kelgusi rejalarda omad tiladi.