O‘zbekiston mahsulotlarini qaysi davlatlarga sotgani aytildi

Prezident huzuridagi Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga koʻra, koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida eng koʻp tovar va xizmatlar Rossiyaga eksport qilingan (eksport hajmi 736,2 mln dollar).
Shuningdek, Oʻzbekiston dastlabki uch oyda Turkiyaga 336,4 mln va Xitoyga 334,1 mln dollarlik mahsulot sotgan. Qozogʻiston ham mamlakatning asosiy xaridorlaridan biri sifatida qayd etilgan. U Oʻzbekistondan 280 mln dollarlik mahsulot xarid qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
• Afg‘oniston – 178,2 mln;
• Qirg‘iziston – 166,2 mln;
• Tojikiston – 117,7 mln;
• Fransiya – 97,1 mln;
• BAA – 47,1 mln;
• Pokiston – 44,4 mln dollar.