O'zbekistonning Fransiyadagi elchixona vakillari bilan uchrashuv

Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev ayni kunlarda Fransiyada bo'lib turibdi.

Loyihamiz asoschisi Fransiyaga tashrifi doirasida Savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha Oʼzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi maslaxatchisi
Bexzod Paygamov hamda Turizm, madaniyat va Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash masalalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi 3-kotibi Shavkat Toshev bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida yangi formatdagi o'zaro hamkorlik aloqlarini yo'lga qo'yish borasida fikr almashinildi.

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi "14-iyul Fransiya mustaqilligi kuni" munosabati bilan qiziqarli va eksklyuziv material tayyorlash hamda ommaga taqdim etish borasida muzokaralar olib bordi.

Bundan ko'zlangan maqsad bugungi kunda O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasining rivojlanib borayotgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar sohalarda aktiv faoliyat yuritib kelayotganligi hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama munosabatlarini tahlil qilgan holda keng yoritishdan iborat.

O'zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyevga hamkorlik va uchrashuv tashkillashtirishdagi amaliy ko'magi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Eslatib o'tamiz O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 yil davomida 2 marta rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo'ldi. Bu albatta, mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik borasida ramziy ma'noga ega.