Qirgʻiziston qoʻshnilaridan suv evaziga elektr energiyasi oladi

Qirg'izistonlik deputat Chingiz Aydarbekov mamlakat Jogorku Keneshining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida suvni qoʻshni davlatlarga tovar sifatida sotishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston qo‘shnilariga suv ham mamlakatning boyligi ekanligini oqilona tushuntirishi lozim.

“Suv ham neft kabi resursdir. Biz sug'orish davrida suv yigʻamiz, saqlaymiz va qoʻshnilarga beramiz. Albatta, boshqa davlatlar bunga qarshi bo‘ladi, biroq dalillar bilan talab qo‘yish kerak”, deydi xalq deputati.

Energetika vaziri Taalaybek Ibraevning aytishicha, Jahon banki suvdan foydalanganlik uchun haq toʻlash masalasini ko'tarmoqda.

“Bu jarayon allaqachon boshlangan. Qo‘shnilar o‘rtasida ayirboshlashni boshladik. Ular bizni qishda suv evaziga elektr energiyasi bilan ta’minlaydilar”, dedi rasmiy.