Retsessiyadan darak: oltin kotirovkalari tarixiy maksimumlarga yaqinlashdi

Bir unsiya oltinning spot bitimlari bo‘yicha kotirovkalari bugun 2055 dollargacha ko‘tarildi. Bu 2020-yilda qayd etilgan 2070 dollarlik tarixiy maksimumga eng yaqin ko'rsatkich.

«Oltin narxlaridagi o‘zgarishlar bir tarafdan retsessiya ehtimollari oshayotgani, ikkinchi tarafdan Qo‘shma shtatlar g‘aznachiligi qog‘ozlari daromadliligi pasayib borayotgani fonida kuzatilmoqda.

Oltin keskin ko‘tarilgan lahzalarda dollar indeksi yillik minimumlarni qayd etgani ham e’tiborga molik. Ya’ni investorlar va spekulyantlar qarorlari va harakatlarida xatarlar va xavotirlar old planga chiqmoqda.» - deb qayd etdi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Aksar prognozlarda federal zaxira tizimi foiz siyosatini qattiqlashtirishda davom etishi yoki yumshatishga o‘tishi mumkinligi borasida yuqori aniqlik yo‘qligi tufayli yaqin 3-6 oy istiqbolda oltin narxlari o‘sish trendida qolishi aytilmoqda .

Qayd etish lozimki, bugun Markaziy bank tomonidan har kuni belgilanadigan o‘lchovli oltin quymalarni sotuv narxlari ham maksimumlarni yangiladi. Xususan, 50 grammlik quymaning sotuv narxi 38 768 000 so‘mgacha ko‘tarilgan