TDT «Turkiy davlatlarning temir yoʻl aloqasi: Fargʻona vodiysi – Anadolu» xalqaro forumiga taklif etadi

2023-yil 27-aprel kuni Farg‘ona shahrida «Turkiy davlatlarning temir yo‘l aloqasi: Farg‘ona vodiysi – Anado‘lu» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) oʻz yuk terminallariga ega yirik logistika markazlarini, aʼzo davlatlar va kuzatuvchi davlatlarda faoliyat yurituvchi yetakchi eksportyor va ishlab chiqaruvchilarni forumda ishtirok etishga taklif qiladi.

Forumdan koʻzlangan maqsad temir yoʻl maʼmuriyatlari, oʻz yuk terminallariga ega yirik logistika markazlari, shuningdek, yetakchi eksportyor va ishlab chiqaruvchilarni birlashtirib, Qirg'iziston va O'zbekistonning bir necha hududlarni qamrab olgan Fargʻona vodiysi va Anadolu oʻrtasidagi temir yoʻl transporti muammolari va imkoniyatlarini multimodal tashish uchun ko'proq hajmlarni jalb qilishga urg'u bergan holda muhokama qilish va fikr almashishdan iborat.

Qayd etilishicha, forum Farg‘ona viloyati hokimligi hamda xususiy sektor hamkorligida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, forumda turkiy davlatlar va uchinchi davlatlarning yetakchi logistika kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimligi ishtirokchilarni mahalliy transport va ovqatlanish bilan taʼminlaydi,faqat xalqaro transport va turar joy uchun ishtirokchilar oʻzlari javobgar boʻladilar.

Forumda ishtirok etish uchun arizalarni ushbu elektron manziliga yuborish mumkin: rakhmatov@turkicstates.org

Forum dasturi loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.turkicstates.org/assets/pdf/haberler/program-2880-176.pdf.