O'zbekiston Belarus bilan havo qatnovini davom ettiradi

UzAirways, hozirgi vaqtda Belarus bilan havo qatnovini to'xtatishni rejalashtirmaganligini ma'lum qildi. "Toshkent – Minsk – Toshkent" yo'nalishi bo'yicha muntazam qatnovlar muntazam ravishda amalga oshiriladi, deya xabar beradi aviakompaniya.

Yevropa ittifoqi rahbarlari, 23 mayda Minskda Rynair samolyotini favqulodda qo'nishga majbur etilganligi tufayli, Belarus samolyotlarini Yevropa ustidan uchib o'tishlarini man qildi.

Ular, shuningdek, sodir bo'lgan voqealar munosabati bilan Belarusiyaga nisbatan yangi sanktsiyalarni imkon qadar tezroq qabul qilishga undadilar. Endi ularning qarorlari vazirlik darajasida texnik tasdiqlashga muhtoj.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Yevropa aviakompaniyalariga Belarus ustidan uchishdan qochishlarini tavsiya qildi.