1-avgustdan O’zbekistonda nimalar o’zgaradi?

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab, mamlakatimizda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari maktablar, bog‘chalar va poliklinikalarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Shuningdek, Mobile-ID tizimi, Ochiqlik indeksi va Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Mobile-ID tizimi joriy etilib, tizim mobil telefon raqami orqali shaxsni identifikatsiyalashni ta'minlaydi. Mobile-ID tizimidan foydalangan holda identifikatsiya qilish fuqarolarning iltimosiga binoan davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralar tomonidan yoki YIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, tajribali oliy o‘quv yurtlarining (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) o‘quv jarayoniga bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlari joriy etiladi.

Bundan tashqari, ochiqlik indeksi faoliyati yo’lga qo’yilib, bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligino baholash imkonini beradi.

Poytaxtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni komissiyalarda hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etilmoqda.

Hamda, oilaviy vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyati samaradorligini baholashning yangi reyting tizimi joriy etiladi. Bu Dasturda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir.