100 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirokidagi xalqaro ko’rgazma

26-28-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “UzEnergyExpo” va “UzStroyExpo” xalqaro ko‘rgazmalarida 100 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, ko’rgazmada Rossiyaning yirik energetika va qurilish kompaniyalari ham o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Ko‘rgazma stendlarida korxonalar elektroenergetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yoritish texnikasi, avtomatlashtirish, shuningdek, elektrotexnika jihozlarining butlovchi qismlari sohalaridagi uskunalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi.
Shuningdek, qurilish ko‘rgazmasi doirasida yirik ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy qurilish materiallari, quruvchilar uchun kombinezonlar, asbob-uskunalar, duradgorlik buyumlarini namoyish etiladi.






