1860 MVt quvvatli Qambarota-1 GES qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi

6-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha ”yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur GES nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi.
Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
P.S. 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.






