19-21-oktyabr kunlari XIII xalqaro “UzMedExpo-2021” tibbiyot koʼrgazmasi boʼlib oʼtadi

Har yili tibbiyot sohasining soʼnggi yutuqlari, mahsulot va xizmatlarining keng assortimenti namoyish etiluvchi UzMedExpo koʼrgazmasi tibbiy buyumlar va uskunalar ishlab chiqaruvchilari, distribьyutorlar va soha mutaxassislari uchun muloqot maydoni boʼlib ham xizmat qiladi.

Koʼrgazma eksponatlari quyidagi mavzularda stendlarga joylanadi:

• Tibbiy texnika, uskunalar, diagnostika
• Laboratoriya uskunalari
• Stomatologiya
• Oftalьmologiya
• Ortopediya va reabilitatsiya
• Farmatsevtika
• Keng isteʼmol tovarlari
• Tibbiy xizmatlar va sugʼurta
• Goʼzallik hamda salomatlik.

Koʼzgazma 19-oktyabr kuni soat 11-00 da “Аnhor-Lokomativ” bogʼida ochiladi.