2021 yilning eng katta daromad oluvchi sportchilar ro’yxati

Jahonning eng qimmat sportchilari 10 taligiga kiruvchi insonlar daromadi so'nggi 12 oy ichida soliqlarni qo'shgan holda 1,05 mlrd dollar daromad topdi. Bu esa o'tgan yilgi ko'rsatgichga nisbatan 28% ko'p demakdir.

Bu yilgi reytingda Irlandiyalik aralash jang san'ati kurashchisi Konor Makgregor yetakchilik qilmoqda. Forbes nashriyoti uning ohirgi yilgi daromadini $180 mln dollarga baholagan.

Shu kunga qadar Makgregor Forbes reytingiga faqat bir marotaba — 2018 yilda ushbu reytingning 4-o'rnini $99 mln.lik daromad ko'rsatgichi bilan egallagan edi. Ushbu summaning katta qismini u, Floyd Meyveyzer bilan bo'lib o'tgan jangdagi mag'lubiyati uchun olgan edi.

Ikkinchi o'rinda Ispaniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Leonel Messi egalladi. Uning yillik daromadi $130 mln.ga teng.

Eng qimmat daromadli sport ustasi uchligini Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yopiub berdi. Uning daromadi $120 mln dollarni tashkil etdi.