32 xil rang bir mashinada, imkonsizmi?

BMW CES 2023 ko‘rgazmasida "i Vision Dee" futuristik o‘rta o‘lchamli sedanni taqdim etdi. Ushbu mashina korpusida o'rnatilgan 32 xil rang jilovlari va boshqa raqamli texnologiyalari orqali his tuyg'ularini ifoda eta olish imkoniyatiga egadir.
"i Vision Dee" avtomobili 260 ta panel bilan qoplangan bo‘lib, ularni 32 xil rangdan istalganiga o‘zgartirishi, hamda o‘ziga xos va moslashtirilgan ko‘rinish hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari, avtomobil haydovchilarga virtual reallik tajribasini yaratish imkonini beruvchi ekran vazifasini bajaradigan old oyna bilan jihozlangan.






