Afg‘oniston muvaqqat hukumati Toshkentga keldi

24-iyul kuni mamlakatimizga tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi Afg'oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi keldi.

Delegatsiya 2022-yil 25-26-iyul kunlari O'zbekiston poytaxtida bo'lib o'tadigan "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib oldi.