Amazon va Nike: Peloton qay birini tanlaydi?

“Peloton (PMCCF) Interactive Inc” potensial xaridorlar, shu jumladan elektron tijorat giganti Amazonda qiziqish uyg'otmoqda. Ayni kunlarda Peloton (mashq velosipedlari ishlab chiqaruvchisi) barqaror o'sishni saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda.

Peloton aksiyalari investor Blackwells Capital kompaniya boshqaruvini sotuvga qo'yishga chaqirganidan bir necha kun o'tib, kengaytirilgan savdolarda 30 foizga oshdi.

Covid-19 pandemiyasi paytida Pelotonning sotuvi avj oldi, ko'pchilik uylarini fitnes moslamalari bilan jizohladi. Ammo vaksina yaratilgani, sport zallari qayta ochilishi kabi faktorlar Pelotonning daromadalari pasayishiga olib keldi.

Amazon Pelotonga tijoriy taklifni maslahat kengashi bilan birgalikda ishlab chiqmoqda. Ammo, Peloton ushbu taklif ustida o’ylab ko’rish yoki ko’rmaslik haqida bir qarorga kelmagan.

Shu bilan birga, Financial Times juma kuni kechqurun Nike sport kiyimlari kompaniyasi (NKE) ham Peloton uchun o’z takliflarini tayyorlayotgani haqida ma’lumot berib o’tdi. Lekin, Nike Peloton bilan muzokara o’tkazganicha yo’q.

Peloton va Nike Reutersga ushbu masala ustida ma’lumot berishmadi. Amazon esa izoh berishdan bosh tortdi.