Andijonda yangi Bosh jome masjidi barpo etildi

Shavkat Miziyoyev Andijon viloyatining yangi Bosh jome masjidiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Andijon viloyatining yangi Bosh jome masjidi qurilishi 2018 yilda boshlangan va shu yilning may oyida bitgan.

Yangi masjid eski «chor ayvon» va «chor darvoza» uslubida barpo etildi. Ziyoratgohning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar qad ko'tarmoqda. Me'moriy inshootning yuqori qismida 18 metr diametrli gumbaz qurilgan.

Qur'on oyatlari o'qilganidan so'ng, Shavkat Mirziyoyev quyidagi so'zlarni aytdi:

— Bu dargohni barpo etishga hissa qo‘shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo‘lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin.

Eslatib o'tamiz, Andijon viloyatidagi birinchi masjid 1870 yilda "Andijon jome masjidi majmuasi" nomi bilan qurilgan. Ushbu ziyoratgoh Farg'ona vodiysidagi eng baland bino hisoblanadi.