BAA 2020 yilda $20 mlrd ga yaqin investitsiyalarni jalb qildi

Birlashgan Arab Amirliklariga 2020 yilda to'g'ridan-to'g'ri jalb qilingan investitisiyalar miqdori 2019 yildagi ko'rsatkichga nisbatan 44% ga oshdi va $19.88 mlrd ni tashkil etdi!

 

Ushbu investitsiyalarni jalb etishda amirliklar boshqaruvi ostidagi "Abu Dhabi National Oil Co" kompaniyasi yirik kontraktlari bilan asosiy hissani qo'shdi.

 

Shuningdek, amirliklardagi premium klass ko'chmas mulkning narxi 40% o'sishiga qaramay, savdosi 230% o'sdi.

 

Xaridorlarning asosiy qismi Yevropa, Hindiston, Xitoy va Rossiyadan bo'lib ular o'zlariga pandemiya zarbalaridan keyin yaxshiroq hayot sifatini izlab, asosan Dubaydagi mashxur Palma va boshqa ekklyuziv villa shaxarchalarini tanlashmoqda.