Bitcoin narxi 30 ming dollardan oshdi

Bitcoinning narxi 2022-yil 10-iyundan beri ilk marotaba 30 ming dollardan oshdi. Toshkent vaqti bilan soat 07:50 da mazkur kriptovalyuta narxi 30,430 dollarni tashkil qildi.

Ayni vaqtda Bitcoinning narxi 30 068 dollarga yetgan.

Bitcoin narxi yanvar oyidan buyon 13,5 ming dollarga qimmatladi. Ammo oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20 ming dollarga arzon.

Ma’lumot uchun, Bitcoin bu — blokcheyn texnologiyasiga asoslangan shu nomdagi kriptovalyutaning markazlashtirilmagan tizimidir.

Bitcoin ushbu tizimga a'zo har qanday foydalanuvchi tomonidan egalik qilinishi va nazorat qilinishi mumkin.

Tizim konsepsiyasi 2008-yil noyabr oyida nashr etilgan etilgan boʻlsada Bitcoin degan nom so'nggi yillardagina odamlar ogʻziga tushib, mashhurlik darajasiga yetgan.