BMB Football Club braziliyalik futzalchi Fernando Rodrigez de Souza bilan shartnoma imzoladi

Joriy yilning 29-aprel kuni soat 15.00da Wyndham Tashkent mehmonxonasining konferensiyalar zalida BMB Football Club futbol klubi prezentatsiyasi va futbolchilarni tanishtirish marosimini oʼtkazish rejalashtirilgan. Tadbirda futbol klubi Prezidenti, rahbariyati va sportchilari ishtirok etadi.

Ma’lumot o’rnida, 2021-yilning dekabr oyida BMB TRADE GROUP kompaniyasi taʼsischiligida BMB Football Club MChJ tashkil etilgan. Hozirda mazkur klub Oʼzbekiston futzal chempionati 1-liga musobaqalarida ishtirok eta boshladi hamda oʼtkazilgan 3 ta tur natijalariga koʼra 23 ochko bilan birinchi oʼrinni egallab kelmoqda.

Joriy yilning aprel oyida BMB Football Club Oʼzbekiston futzal klublari orasida birinchilardan boʼlib braziliyalik futzalchi Fernando Rodrigez de Souza bilan shartnoma imzoladi.

2022-yil 29-aprel kuni soat 15.00da Wyndham Tashkent mehmonxonasining konferensiyalar zalida o’tkaziladigan tadbirga klub taʼsischisi boʼlgan BMB TRADE GROUP kompaniyasi rahbariyati, Oʼzbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi, ommaviy-axborot vositalari vakillari taklif etiladi.