BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Toshkentga keldi

13-mart kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqori martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.
Folker tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirmoqda.
Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham boradi.






