Bright Uzbekistan Yil brendi 2021 mukofotiga sazovor bo’ldi

Bright Uzbekistan xalqaro axborot portali “Yil brendi 2021” tanlovining Ommaviy axborot vositalari bo’limida faxrli 3-o’rinni egalladi.
Xabaringiz bor, shu yilning, 21-may sanasida poytaxtimizda Yil brendi tanlovi o’tkazilib unda “Yil brendi 2021” V mukofoti g‘oliblari ravishda tantanali taqdirlangan edi. O‘zbekiston Respubliksi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlovda Bright Uzbekistan axborot portali OAV yo’nalishida faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Bizga bildirilgan ishonch va e’tibor uchun minnatdormiz! Albatta, har bir mukofat o’z egalari uchun davomiy yutuq va motivatsiya demakdir.






