Bu jurnalni Toshkentda hamma joyda ko'rgan edim - Kubanichbek Omuraliev

Turkiy Davlatlar tashkilotining kotibiyatiga bo'lgan rasmiy tashrifning asosiy qismi, Bosh kotib Kubanichbek Omuraliev qabulida davom etdi.

Bright Uzbekistan asoschisi Davron Abdullaev boshchiligidagi delegatsiya, loyihaning ilk qadamlaridagi hamkori sanalgan va loyiha fundamentining bir qismi bo'lgan Turkiy Davlatlar tashkilotiga tashrif buyurdi va yangi tayinlangan Bosh kotib Kubanichbek Omuraliev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida 2 yildan ortiq vaqt ichida hamkorlikda qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi va jurnalning yangi soni Bosh kotibga taqdim etildi.

Kun tartibining ikkinchi qismida, Kubanichbek Omuraliev bilan TDTning bugungi kun holatiga oid mavzular yuzasidan intervyu tashkil etildi. Suhbatda Samarqand sammitida imzolangan kelishuvlar yuzasidan qilingan ishlar, Turkiy dunyo nigohi - 2040, kelgusi sammit rejalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Uchrashuv so'nggida hurmatli K. Omuraliev Bright Uzbekistan juda murakkab loyiha ekanligini ta'kidlab, jamoaga bunday omad tiladi.