Cho‘lponotada Turkiy davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasining XXIV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Rossiya va Vengriya maxsus xizmatlari delegatsiyalari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi terrorchilik faolligi zonalaridagi mavjud vaziyatda turkiy davlatlarda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash sohasida maxsus xizmatlarning oʻzaro hamkorligi masalalari koʻrib chiqildi.

Konferensiya ishtirokchilari Afgʻoniston va Suriya qurolli mojaro zonasidan kelayotgan hamda terrorizm va diniy ekstremizmning tarqalishi bilan bogʻliq terrorchilik tahdidlarini mahalliylashtirish boʻyicha javob va oʻzaro harakat mexanizmlarini kelishib oldilar.