Dekabrda 11 378 dona «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarilgan

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʼra, o’tgan yilning yanvar-dekabr oylarida 101 617 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43 % ga oshgan.

Oylar kesimida “Cobalt” avtomobilining ishlab chiqarish soni:

yanvar – 3 393 dona;
fevral – 7 394 dona;
mart – 8 405 dona;
aprel – 9 498 dona;
may – 10 226 dona;
iyun – 10 468 dona;
iyul – 3 519 dona;
avgust – 7 757 dona;
sentabr – 9 156 dona;
oktabr – 11 495 dona;
noyabr – 8 928 dona;
dekabr – 11 378 dona.