Dubayda dunyodagi eng qimmat avtomobil raqami sotildi

Dubay shahrida dunyodagi eng qimmat avtomobil raqami — P7 kimoshdi savdosiga qoʻyildi.
Daʼvogarlardan biri mazkur davlat raqami uchun 55 million dirham (15 million dollar) taklif qildi va u bu orqali jahon rekordini oʻrnatdi. Badavlat janob bu orqali 15 yil avval Birlashgan Arab Amirliklarida o'rnatilgan rekordni buzib tashladi.
Mazkur avtomobil raqami “Emirates Auction” MChJ kimoshdi savdosiga qoʻyilgan edi. Savdodan tushgan daromad Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashidning global ochlikka qarshi kurash fondi — “1 million ovqat jamgʻarmasi”ga yoʻnaltiriladi.






