Ertaga Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrif qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: mazkur xalqaro tuzilma o‘z tashqi siyosatining asosi sifatida harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni e’lon qilgan 120 ta ishtirokchi-davlatni birlashtiradi.