FAO Bosh kotibi mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi

2022-yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyuyom bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

V.Norov qayd etganidek, O'zbekiston FAOni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim global ko'p tomonlama platform, deb biladi.

So'nggi yillarda O'zbekiston va FAO o'rtasidagi hamkorlik misli ko'rilmagan darajada jadallashmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida FAOning O'zbekistondagi portfeli umumiy qiymati 65 million dollarga 59 ta milliy, mintaqaviy va global loyihani tashkil etmoqda. Mamlakatimiz Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba FAOning Yevropa uchun 32-mintaqaviy konferentsiyasiga muvaffaqiyatli raislik qildi. 2020-2030-yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun mamlakatimiz va FAO o'rtasida imzolangan Doiraviy dasturni to’la-to’kis amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Tsuy Dunyuyom Samarqand shahridagi ShHT sammiti chog’ida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yili Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha xalqaro konferensiyani o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatladi. FAO Bosh kotibi mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi.