Global innovatsiya indeksida 86-o'rin

Joriy yilning 20 sentyabr kuni AQShning Cornell universiteti Fransiyaning Insead biznes maktabi va jahon intellektual mulk tashkiloti bilan birgalikda global innovatsiya indeksi reytingini e'lon qildi.

O'zbekiston 132 mamlakatdan 86-o'rinni egalladi.

Avvalroq, mamlakatimiz 2020-yilda 93, 2015-yilda 122-o'rinni egallagan edi.

"COVID-19 inqirozida innovatsiyalarni rivojlantirish" -COVID-19 inqirozining global innovatsion ko'rsatkichlarga ta'sirini baholash bo'yicha hisobot.

Reyting ko'rsatkichlariga ko'ra, O'zbekiston dunyoda quyidagi kuchli ko'rsatkichlarga ega:
"Fan va muhandislik sohasidagi bitiruvchilar soni" - 7-o'rin,
"Biznes yuritish qulayligi" - 8 - o'rin,
"Mehnat unumdorligi" - 8-o'rin,
"Kapitalning yalpi to'planishi" - 7-o'rin,
"Ta'lim uchun davlat xarajatlari" - 28-o'rin.

Jahon innovatsiyalar indeksi reytingida Shveytsariya 1, Xitoy - 12, Rossiya - 45, Qozog'iston - 79, Qirg'iziston – 98 va Tojikiston - 103 o'rinlarni egalladi.