Hamkorlik doiralari kengaymoqda

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi, o'zining hamkorlik doiralarini kengaytirmoqda va navbatdagi tashrif, farmatsevtika soxasida jadal rivojlanayotgan "Asia Pharm Group" kompaniyasi manziliga bo'ldi.
Аyni kunlarda “Asia Pharm Group” kompaniyasi Respublikadagi jami dorixonlarning qariyb 30 foizdan ortigʼi bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelmoqda.
Shuningdek, dori-darmon va tibbiy vositalar importida xorijiy nomdor kompaniyalar qatori respublikadagi farmatsevtika korxonalari mahsulotlarini yetkazib berish va roʼyxatdan oʼtkazishda “Asia Pharm Group” yetakchilik qilmoqda.
Kelgusida kompaniya oʼz faoliyatini yanada rivojlantirish va sohadagi qamrovni bugungidanda kengaytirish niyatida. Bunga xorijiy va mahalliy kompaniyalar tomonidan “Asia Farm Group” bilan hamkorlik qilish boʼyicha kelib tushayotgan takliflar sabab boʼlmoqda.
Albatta, ushbu ulkan maqsadlarni tez va sifatli amalga oshirish uchun kompaniya "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi bilan hamkorlikni qo'llab-quvvatlamoqda.






