Hindiston Bosh vaziri Twitter sahifasida o'zbek tilida post yozdi

Xabaringiz bor, 15-16-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti bo'lib o'tdi. Unda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham ishtirok etdi. Ushbu tadbirdan so'ng o'z yurtiga jo'nab ketgan Bosh vazir o'zining Twitterdagi sahifasida o'zbekistonliklarga minnatdorchilik bildirib, o'zbek tilida post yozdi.
“ShHT sammitida samarali ikki va ko’p tomonlaman uchrashuvlar olib bordik. O’zbekiston xalqi va hukumatiga mehmondo’stlik uchun minnatdorchilik bildiraman”,- deya yozib qoldirgan Bosh vazir o’z sahifasida.
Shuningdek, u "SHHT mintaqamizda ishonchli va xilma-xil ta’minot zanjirlarini rivojlantirishga harakat qilishi kerak",- degan fikrlarni ham bildirgan.






