Hujum ortidan yo'qotilgan milliardlar

24-fevral kuni birja savdolarida aksiyalarning arzonlashib ketgani sababli rossiyalik milliarderlar jami 39 milliard dollar yo‘qotgan.

Forbes ma’lumotlariga ko’ra, eng ko‘p mablag’ni “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov qo‘ldan chiqargan.

Rossiya aksiyalar bozori payshanba kuni 33,28 foizlik qiymatini yo‘qotgan.

Rossiya prezidenti Ukrainada maxsus harbiy amaliyotlar boshlagani sababli AQSH, YI va boshqa bir qator mamlakatlar Rossiyaning yirik banklari va tashkilotlariga sanksiya joriy qildi.

Nashrning yozishicha, 16-fevraldan buyon rossiyalik milliarderlar jami 90 milliard dollarga kambag‘allashgan. Payshanba kuni esa eng ko‘p yo‘qotish Vagit Alekperovga tegishli bo‘lgan. Shu kuni uning boyligi 3,8 milliard dollarga yoki 15,4 foizga qisqargan. Aleksey Mordashovning pullari 3,3 milliard (11,3 foiz), Suleyman Kerimovniki 2,6 milliard dollarga (18,2 foiz) qisqargan. Rossiyalik yana bir milliarder Vladimir Lisin payshanba kuni 2,5 milliard dollar (8,3 foiz) yo‘qotgan.

Bundan tashqari, TCS Group asoschisi Oleg Tinkov, "Nornikel" xo‘jayinlaridan biri Vladimir Potanin ham anchagina mablag‘idan ajralgani aytilmoqda.