Inno texnopark - innovatsiyalar maydoni

Bright Uzbekistan jamoasining navbatdagi manzili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan Inno Texnoparki bo’lib, loyihamiz a’zolari u yerdagi yosh novatorlar ixtirolari hamda innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Inno Texnopark Bosh direktori Akbarxon Sobirxonov majmua bo'ylab ekskursiya tashkil etib, uning maqsad hamda vazifalari, istiqbolli loyiha va rejalari haqida ma'lumot berib bordi.

Tashrif davomida, yosh novatorlarning ixtirolari, innovatsion loyihalar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda sharoitlarni ko'rib ko'zimiz quvondi.

Albatta, bunday texnoparklar yurtimiz yoshlarini to'g'ri yo'naltirish, yangi innovatsion start-up loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun kerakli platformadir.