Jahon chempionatida ofsaydni sun’iy intellekt aniqlaydi

FIFA Qatardagi jahon chempionatida o‘yindan tashqari holatni aniqlashning yarim avtomatik tizimini joriy qiladi.
Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, yangi texnologiya o‘yin holatini aniqlash vaqtini to‘rt soniyagacha qisqartirishi kerak. Sun’iy intellektni joriy etish haqidagi qaror Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi tomonidan qabul qilingan. Yangi tizim darvoza chizig‘ini kesib o‘tish texnologiyasi bilan bir xil jarayondan foydalanadi.
Tizimning ishlash prinsipi shundaki, u video arbitr yordamchisiga qisqa fursatda bildirishnoma yuboradi. Shundan so‘ng u ofsaydda bo‘lgan o‘yinchining epizodiga ta’sir darajasi haqida qaror qabul qiladi.
Kameralar va kompyuterlar o‘yinchilar va to‘pni kuzatib boradi hamda sun’iy intellekt to‘p tepilgan istalgan vaqtda o‘yinchi ofsaydda ekanligini aniqlashi mumkin bo‘ladi.