Jahon savdo tashkiloti: tadbirkorlar uchun seminar va treninglar

O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda xususiy sektor tadbirkorlariga “O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi doirasida xizmatlar bozoriga kirish” mavzusida seminar va treninglar o’tqizilmoqda.
Ushbu dastur davomida, ishtirokchilar JSTning bir qator Bitimlar, savdo shartnomalrini tuzish, xususiy sektor va davlat sektori o’rtasidagi munosabatlarning JST doirasidagi xususiyatlarini batafsil muhokama qilishmoqda.
Seminar-treninglar O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi sanalarda bo’lib o’tadi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi – 27-sentabr;
Xorazm viloyati – 28 –sentabr;
Surxandaryo viloyati – 4 –oktabr;
Qashqadaryo viloyati – 5 –oktabr;
Sirdaryo viloyati – 11-oktabr;
Jizzax viloyati - 12-oktabr;
Samarqand viloyati - 13-oktabr;
Navoiy viloyati- 18-oktabr;
Buxoro viloyati - 19-oktabr;
Farg'ona viloyati - 24-oktabr;
Andijon viloyati - 25-oktabr;
Namangan viloyati - 26-oktabr;
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu seminar va treninglarda ishtirok uchun vazirlikning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingizni so’raydi.






