JSST yana bir vaksinani tasdiqladi

JSST COVID-19 ga qarshi shoshilinch yordamning xavfsiz va samarali vositalari ro'yxatiga Janssen vaksinasini (Johnson & Johnson Amerika kompaniyasining bo’linmasi) qo'shdi. COVID-19 ga qarshi Ad26.COV2.S vaksinasi Janssen tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, barcha mamlakatlarda favqulodda vaziyatlarda foydalanishga va COVAX ning tarqalishiga yo’naltirilgan. Qaror Yevropa dori-darmon vositalari bo’yicha agentlikning (EMA) tasdiqlashi asosida qabul qilindi.

"COVID-19 ga qarshi har bir yangi, xavfsiz va samarali vosita pandemiya bilan kurashish uchun yana bir qadamdir", dedi JSST Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Ghebreyesus. "Ammo ushbu vositalar beradigan umidlar, agar ular barcha mamlakatlardagi barcha odamlarga taqdim etilmasa, o’z-o’zini oqlamaydi. Men hukumatlar va kompaniyalardan o'z majburiyatlarini bajarishga va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun barcha yechimlardan foydalanishga chaqiraman, shunda ushbu vositalar haqiqatan ham global jamoat vositalariga aylanishi hamda global inqirozga qarshi umumiy yechim bo’la oladi."

Janssen vaksinasi - JSST tomonidan tasdiqlangan uchinchi vaksina bo’ldi hamda bir martalik doza rejimida berilishi mumkin bo'lgan birinchi vaksinaga aylandi. Klinik tadqiqotlar bo'yicha kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, vaksina kattalar orasida ham samarali hisoblanadi.