Koreya hukumati O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun grantlar ajratadi

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligida direktor o'rinbosari janob Li Sang Bong boshchiligidagi Koreya Qishloq Hududlarini Rivojlantirish Korporatsiyasi (KRC) delegatsiyasi va vazirlik vakillari o’rtasida muzokaralar o'tkazildi.

 

Muzokaralar doirasida Koreya hukumatidan 4 mln. dollar miqdorida grant mablag'larini jalb qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Koreya delegatsiyasi tashrifining asosiy maqsadi muzokaralar o'tkazish va O'zbekistonda meva-sabzavot yetishtirishning ilg'or texnologiyalari bo'yicha o'quv markazini yaratish bo'yicha loyihani ishlab chiqish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ilg'or tajribalarni o'zbekistonlik mutaxassislar o’rganishida ko'maklashishdan iborat edi. Loyiha 2021 yildan 2025 yilgacha amalga oshiriladi, grant mablag'lari Toshkent viloyatining Yuqori chirchiq tumanidagi AKIS qishloq xo'jaligi xizmatlari markazining infratuzilmasini qurishga sarflanadi.

 

Korea Rural Community Corporation – bu qishloq hududlarini rivojlantirish bo’yicha Koreya davlat korporatsiyasidir, unga 1908 yilda asos solingan. Faoliyatining asosiy yo'nalishlari: intensiv yerga ishlov berish uchun suv resurslari bilan ta’minlash va qishloq xo’jaligi sohasi infratuzilmasi bilan ta’minlashdan iborat, shu jumladan suv xo’jaligini boshqarish bo’yicha yangi texnologiyalarni tadbiq qilish hisobiga; quyosh va shamol energiyasidan foydalangan holda “yashil energetika” sohasida yangi texnologiyalarni qo’llash; suv madaniyati sohasini rivojlantirish (sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish). KRC o’z texnologiyalarini faol eksport qilmoqda, so’nggi o’n yil ichida umumiy qiymati 88 mlrd. dollar bo’lgan 22 davlatlarning 87 tadan ortiq loyihasini amalga oshirdi.