Lazizxon Oʼzbekov Naiza 46 turnirida jang qiladi

Joriy yilning 28-oktabr kuni Qozogʼistonning Olmaota shahrida MMА boʼyicha Naiza 46 turniri tashkil etiladi.
Ushbu turnir doirasida oʼzbekistonlik Lazizxon Oʼzbekov ham oktagonga koʼtariladi. Jangda hamyurtimizga rossiyalik Joxar Yeskiyev raqiblik qiladi.
Lazizxon soʼnggi jangini iyul oyida "Alash Pride" turnirida qozogʼistonlik Giminbek Yermekka qarshi oʼtkazib, raqibini boʼgʼish usulida magʼlub etgandi.






