LG smartfon ishlab chiqarishni to'xtatish arafasida

Koreyaning LG texnologik kompaniyasi talabning pasayishi natijasida smartfonlarishlab chiqarishni butunlay to’xtatishi mumkin. Smartfonlarning ishlab chiqarish liniyasini sotish bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va endi biznesning taqdiri 2021 yil aprel oyining boshlarida belgilanadi.

LG o'zining smartfonlar biznesini to'xtatishga bir necha qadam yaqinlashdi. DongA Ilbo nashriyotining ma'lumotlariga ko'ra, LG biznesni sotish rejalaridan deyarli voz kechgan. Avvalroq LG 2021 yil yanvar oyining oxirida smartfonlar biznesidan voz kechishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi - bu haqda LG kompaniyasining bosh direktori Kvon Bong-seok kompaniya xodimlariga to’g’ridan-to’g’ri xabar bergan edi. Biroq, o'sha paytda uning yanada rivojlanishiga umid hali ham porlayotgan edi va xatda natijaning ikkita varianti eslatib o'tilgan edi - LG ishlab chiqarish hajmini kamaytirishi mumkin, ammo shu bilan birga biznesni o'zi saqlab qolishi yoki uni katta miqdorda pul taklif qilgan birortasiga sotishi mumkin. O'sha paytda to'liq to’xtatish haqida hech qanday gap yo'q edi.

DongA Ilbo yozishicha, LG haqiqatan ham uyali aloqa blokini sotish bo'yicha muzokaralar olib borgan, ammo, ma'lum bo'lishicha, u o'zining to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilari orasida xaridor qidirmagan. Faqat ikkita qiziqqan kompaniya bor edi va ulardan bittasining mobil aloqa bozoriga aloqasi yo'q edi.

Xarid qilish uchun birinchi da'vogar Germaniyaning Volkswagen AG konserni bo'lib, uning yo'nalishi avtomobillar ishlab chiqarishdir. Uning tarkibiga Audi, Skoda, Porsche va boshqa bir qator mashhur avtomobil brendlari kiradi, biroq u gadjetlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydi.

LG aktivlariga qiziqqan ikkinchi kompaniya bu Vetnamning Vingroup aksiyadorlik jamiyatidir (Vingroup JSC). Bu yirik aksiyadorlik kompaniyasi bo'lib, 1993 yilda tashkil topgan. U boshqalar qatorida ko'chmas mulk, chakana savdo va keng ko'lamli xizmatlarni ko'rsatish bilan shug'ullanadi.

DongA Ilbo o’z nashrida LG mobil biznesining taqdiri to'g'risida qaror yaqin bir necha hafta ichida e'lon qilinishini aytdi. Kompaniya buni 2021 yil aprel oyining boshlarida e'lon qilishi mumkin.