Mamlakatimizda shahar aholisining ulushi koʼpaymoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 1991-yil boshida Oʼzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.
2022-yil boshiga kelib, ushbu koʼrsatkich 50,9 foizni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 10,6 foizga koʼpaygan.
Yillar kesimida doimiy aholining shahar joylarda yashovchilari ulushi:
— 1991-yil – 40,3 %
— 2000-yil – 37,4 %
— 2010-yil – 51,5 %
— 2020-yil – 50,6 %
— 2022-yil – 50,9 %






