Maxwell Hotel: Toshkentda yana bir mehmonxona faoliyati yo’lga qo’yildi

2022-yil yakuni arafasida Toshkent shahrining markazida, Yashnobod tumanida joylashgan, barcha zarur qulayliklar va qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlangan yangi “Maxwell Hotel” mehmonxonasi ishga tushdi.
O‘ziga xos arxitekturasi va yaratilgan qo‘shimcha qulayliklari bilan ushbu mehmonxona bugungi kun talablariga to‘la javob beradi. Mehmonxona 84 o‘rinli 39 ta zamonaviy va shinam xonaga ega bo‘lib, unda, shuningdek konferensiya zali, restoran, bagaj saqlash xonasi, suv havzasi, fin va turk uslubidagi saunalar hamda xavfsiz avtoturargoh mavjud.
Qo‘shimcha tarzda, ushbu maskanda mehmonlarga yuqori tezlikdagi Wi-Fi, kir yuvish xizmatlari, transfer (aeroportdan mehmonxonaga yoki mehmonxonadan aeroportgacha, vokzaldan yoki vokzalgacha yetkazish), shahar bo‘ylab ekskursiya xizmatlari ham ko‘rsatiladi.
Mehmonxonaning ishga tushishi natijasida 26 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Qayd etish joizki, mehmonxonaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan muvofiqlik sertifikati taqdim qilingan.






