Medvedev G'arb filmlarining qaroqchilik nusxalarini tarqatishni qonuniylashtirishni taklif qildi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Gʻarb intellektual mulkidan litsenziyasiz foydalanish qoidalarini kontrsanksiya sifatida qabul qilishni taklif qildi va tegishli dasturlarni ishlab chiqqanlarga minnatdorchilik bildirdi va buni “shaxsiy sanksiyalar rejimida” qaroqchilik deb atadi.
“Ularning intellektual mulkidan foydalanish qoidalarini qabul qilishgina qoladi. Hech qanday litsenziyasiz va mualliflik huquqi uchun daromad to'lamasdan. Bu, shuningdek, ularning mulkiy huquqlariga nisbatan bizning javob sanksiyalarimiz bo‘ladi”, — deb yozdi Medvedev o‘zining telegram-kanalida.
Uning fikricha, bu hamma narsaga tegishli bo'lishi kerak - filmlardan tortib sanoat dasturlarigacha. “Aytgancha, qimmatbaho intellektual mahsulotlardan litsenziyasiz foydalanish uchun turli dasturlar ishlab chiqqanlarga rahmat. Qisqasi, shaxsiy sanksiyalar rejimida qaroqchilik uchun”, — deya qo‘shimcha qildi Medvedev.






