Milliy darajada ilm-fan va ta'lim sohasida plagiatni oldini olish masalasi, mintaqaviy mamlakatlar va Yevropa Ittifoqi tajribasi

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan "Milliy darajada ilm-fan va ta'lim sohasida plagiatni oldini olish masalasi, mintaqaviy mamlakatlar va Yevropa Ittifoqi tajribasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

O'tgan uch yil davomida O'zbekiston ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda muhim qadam tashladi. Bu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuch bu – mamlakat rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yuqori darajadagi strategik qarashlar va siyosiy ko'makdir. Shu bilan birga, O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida alohida e'tibor talab qiladigan muammoli masalalar mavjud. Ularni o'z vaqtida hal etilmasligi kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarga olib kelishini inobatga olish lozimdir. Bu muammolardan biri olimlarning ilmiy ishlarini yozishida ilmiy etika qoidalariga rioya qilmasligidir, ya’ni plagiatning amalda foydalanilayotganidir.

Mavjud vaziyat, mamlakatda ilmiy maqolalarni plagiatga tekshirishga qodir, hamda, har bir tashkilot foydalanishi uchun imkoniyat beruvchi milliy ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasini (markaziy repozitariy) shakllantirish kerakliligini talab etadi. Bundan tashqari, har bir hujjat tekshirilgandan so'ng markaziy repozitariyga o'tishini ta’minlash lozim.

Ushbu muammolarni yechish, hamda, oldini olish maqsadida “Milliy darajada ilm-fan va ta'lim sohasida plagiatni oldini olish masalasi, mintaqaviy mamlakatlar va Yevropa Ittifoqi tajribasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.