Moskva harbiy xizmatdan qochayotganlarni tutishning yangi yoʻlini topdi

Rossiyaning Moskva shahrida muddatli harbiy xizmatchilarning yashash joyini aniqlashda videokuzatuv tizimidan foydalaniladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Moskva merining ko'rsatmasi bilan muddatli harbiy xizmatchilar ishlaydigan tashkilotlar yoki ta'lim muassasalari harbiy komissarlikka ular haqida ma'lumot berib boradi”, deyiladi xabarda.

Fuqarolarning harbiy xizmatga kelmayotganing asosiy sababi sifatida ularning ro‘yxatdan o'tgan joylarida yashamasligi, shu sababli chaqiruv qog‘ozini topshira olmasligi koʻrsatilgan. Xabarga koʻra, shu sababli bu masalaga katta e'tibor qaratilmoqda.

Maʼlumot uchun, Rossiya davlat dumasi tomonidan yaqinda qabul qilingan qonunga muvofiq harbiy komissariatlarga chaqiruv qog‘ozlari endi elektron ko‘rinishda ham tarqatiladi, chaqirilgan insonga darhol chet elga chiqish taqiqlanadi, xizmatdan bo‘yin tovlaganlar esa mol-mulkka ega bo‘lish huquqidan mahrum boʻladi.