«Nordwind Airlines» Permdan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

“Kommersant” xabarida qayd etilishicha, “Nordwind Airlines” aviakompaniyasi Permdan O‘zbekistonga parvozlarni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda. 2023-yil qish mavsumida “Nordwind Airlines” Permdan Samarqandga haftasiga uch marta parvozlarni tashkil etish niyatida.

Shuningdek, aviakompaniyalarni havo tashuvlariga qabul qilish boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishi materiallaridan maʼlum boʻlishicha, tashuvchi 2023-yil yozgi mavsumda Perm-Fargʻona yoʻnalishida haftasiga uchta reysni amalga oshirishni rejalashtirgan.