Oʼzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum bo’ldi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʼzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʼlgan hamkor davlatlar TOP o’ntaligi e’lon qilindi. Ro’yxatda Xitoy va Rossiya yetakchi.

Xitoy – 7,5 mlrd;
Rossiya – 7,4 mlrd;
Qozogʼiston – 3,7 mlrd;
Turkiya – 2,7 mlrd;
Koreya – 1,9 mlrd;
Qirgʼiz R. – 990 mln;
Germaniya – 870 mln;
Turkmaniston – 614 mln;
Аfgʼoniston – 586,5 mln;
Hindiston – 559 mln АQSh dollari.