O‘zbekiston “Damas”dan voz kechmoqchi

Ushbu model avtobus va mikroavtobuslarga almashtiriladi.
Joriy yilda 2022-2026-yillarda Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida “Damas”ning viloyat markazlarida qatnovi yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich avtobus va mikroavtobuslarga almashtirish ko‘zda tutilgan.
Yo‘lovchi tashish tizimini takomillashtirish dasturi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadlari:
- aholi punktlarining jamoat transporti bilan qamrab olinishini 95 foizga yetkazish;
- o‘rta va yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish ulushini 22 foizdan 35 foizga oshirish;
- viloyat markazlarida “Damas” qatnovchi yo‘nalishlarini avtobus va mikroavtobuslarga bosqichma-bosqich almashtirish;
- 52 ta avtovokzal qurish va 29 tasini rekonstruksiya qilish;
- 278 ta yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish;
- 60 ta yangi shaharlararo avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish;
- avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
Avvalroq, O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.






